- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari O.Sulaymanbekov boshchiligida fakultet tyutorlari tomonidan ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning sanitariya holati, energiya tejash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazilib, ularning darslarga qatnashishi, o‘quv jarayonlaridagi faolligi va bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ijara xonadonlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha muhokamalar olib borilib, uy egalariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va talabalarning xavfsizligini ta’minlash masalalarida hamkorlik qilishga chaqirildi .



Talabalar bilan uchrashuvlar davomida O.Sulaymanbekov so‘z olib -"Bugungi uchrashuvimizda sizlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, yashash sharoitlaringizni ko‘zdan kechirish va sizlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berish maqsadida jam bo‘ldik. Universitetimiz nafaqat sizlarning bilim olishingiz, balki hayot sharoitlaringiz, yashash muhitlaringizni ham muntazam kuzatib borishga katta e’tibor qaratadi.
Yuqori sifatli ta’lim olish uchun to‘g‘ri sharoit yaratish juda muhim. Bu o‘z ichiga toza, xavfsiz va qulay yashash muhitini, hamda bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish imkoniyatlarini oladi. Shuning uchun bugungi suhbatda yashayotgan xonadoningizdagi gigiena, energiya tejash, xavfsizlik va xususan, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratamiz. Biz sizlar bilan hamkorlikda bu muammolarni hal etishga tayyormiz.
Shuningdek, sizlardan kutayotganimiz – darslarga faol qatnashish, o‘zingizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda astoydil harakat qilish va o‘qish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishdir. Har biringizning kelajagingiz va yurtimiz rivoji uchun sizning bilim va mahoratingiz juda katta ahamiyatga ega.
Men sizlarga yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman, Filialimiz rahbariyati va professor-o‘qituvchilar jamoasi har doim sizning yoningizda, yordam va maslahat bilan doimo tayyor turibdi.
Kelajakda ham ilm olish yo‘lingizda muvaffaqiyatlar tilayman, doimo intiluvchan va o‘z ustingizda ishlaydigan shaxs bo‘linglar" - deya ta'kidlab o‘tdi.

Mazkur uchrashuvlar nafaqat talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash, balki ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi maqsad qilingan bo‘lib, yoshlarga ma’rifat ulashish va ularni turli xavflardan ogoh etish masalalari ham keng muhokama qilindi. O.Sulaymanbekov va tyutorlar tomonidan o‘tkazilgan bu kabi uchrashuvlar talabalar hayotini yaxshilash va ularning o‘z salohiyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashadi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev