Fotolavha

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali atrof-muhitni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil muhit yaratish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, 2024-yilning 9-noyabr sanasida filialda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil qilingan Umumrespublika marafoni bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida Filial hududida 300 dan ortiq daraxt ko'chatlari ekilib, yashil maydon yaratildi.

Erta tongdan boshlab barcha professor-o'qituvchilar va faol talabalar birgalikda Filial hududini obodonlashtirish va ko'chat ekish uchun zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdilar. Bu jarayonda Filial xodimlari va talabalari alohida mas'uliyat bilan yondashib, ekologik barqarorlikni asrash va ona tabiatni muhofaza qilish kabi fuqarolik burchlarini namoyon qildilar.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov tomonidan Nukus shahridan turib Umumrespublika marafoniga rasmiy start berilganidan so‘ng respublikamizning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qatorda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoasi ham Filial hududida ko‘chat ekish ishlarini boshladilar. Mazkur jarayon Zoom platformasi orqali Markaziy Studiyaga to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatildi. Bu esa tadbirga yanada keng ko'lamlilik va umumiylik hissini berdi. Tadbir davomida Filial xodimlari va talabalari fidoiylik va yuksak mas'uliyat bilan birga mehnat qilib, daraxt ko'chatlarini ekish jarayonida faol qatnashdilar. Ushbu tadbir davomida atrof-muhitni asrash va yashil hududlarni kengaytirish borasida har bir ishtirokchi o'z burchini sidqidildan bajardi.









O`zbekcha
English
Русский