Filial nizomi

Filial nizomi

SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETINING TOSHKENT FILIALI
USTAVI

1. Umumiy qoidalar.

1. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali (keyingi o‘rinlarda "Filial" deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31-martdagi PQ-187-sonli "Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Filial O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazilrigi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) tizimida faoliyat yuritadi. 

2. Filial oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qonunosti xujjatlariga muvofiq o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik va boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.
3. Filial o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qo‘mita raisi va Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) qarorlari, buyruqlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari hamda mazkur Ustavga amal qiladi.

Тўлиқ холда ўқиш

Foydali manzillar