O'quv-uslubiy boshqarma

O'quv-uslubiy boshqarma

          O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i 

       Мamadiyev Oman Ababakirovich.

          Mobil telefon:

        E-mail: omanmamadiyev.77@mail.ru

 

Bo‘lim haqida

Tarixi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 oktyabrdagi 840-son qaroriga muvofiq “Samarqand veterinariya medisina instituti Toshkent filiali tashkil etilgan. Oʻquv-uslubiy boʻlimi filial Ilmiy kengashining 2020 yil 29 avgustdagi 1-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

Hozirgi kunda oʻquv-uslubiy boʻlimda quyidagi 2 nafar xodim faoliyat koʻrsatadi:

Shodmonqulov Shuhrat Xolmaxmadovich–oʻquv-uslubiy boʻlim inspektori.

Quchqorov Abdukarim Nuriddinovich–oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi.

Faoliyati: Oʻquv-uslubiy boʻlimi ta’lim jarayonini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat talim standartlari, malaka talablari, oʻquv va ishchi oʻquv rejalari, grafiklar, fanlar boʻyicha namunaviy hamda fan sillabuslariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan toʻliq bajarilishini ta’minlaydi.

Ichki nazorat va monitoring boʻlimi” va “Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlim”lari bilan hamkorlikda dars jarayoni va talabalarning oʻquv mashgʻulotlaridagi davomatini muntazam nazorat qilish va qayd etishning elektron bazasi yaratiladi.

Fakultetlar, kafedralar va oʻquv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtiradi. Fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda kafedralar ishchi oʻquv rejalari, fanlarning oʻquv va ishchi dasturlari, darsliklar, qoʻllanmalar, boshqa turdagi oʻquv-uslubiy hujjatlarni koʻrib chiqadi va tavsiya etish yoki tasdiqlash uchun Oʻquv-uslubiy kengashi hamda filial Ilmiy Kengashiga taqdim etadi.

Respublikamizda va xorijda qoʻllanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni oʻrganadi, umumlashtiradi va oʻquv jarayoniga joriy etadi.

Kafedra professor-oʻqituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar hamda chet tillar boʻyicha malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etadi.

Talabalarning dekanatdagi shaxsiy hujjatlari, reyting qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib boradi.

 

Foydali manzillar