Xalqaro hamkorlik bo'limi

Xalqaro hamkorlik bo'limi

 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i:

Raxmonova Mohidil Dilmurodjon qizi

 Qabul vaqti: Har kuni soat 10:00-12:00

E-mail: svmitf.international123@gmail.com

 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi:

Jonkobilov Sirojiddin Shuxratovich

Qabul vaqti: Har kuni soat 10:00-12:00

Telefon raqam: +998(99)001-56-68

E-mail: svmitf.international123@gmail.com

 

XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi 840-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Xalqaro hamkorlik bo‘limining maqsadi va asosiy vazifalari

Bo‘limning maqsadi — filialning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro tajribalarni joriy etishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish.
  • Xalqaro hamkorlik shartnomalari va memorandumlarini tuzish hamda ularning ijrosini muvofiqlashtirish.
  • Talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro almashinuv dasturlari hamda stajirovkalarda ishtirokini tashkil etish.
  • Xalqaro grantlar, ilmiy loyihalar, konferensiyalar va seminarlarni amalga oshirishga ko‘maklashish.
  • Xorijiy mutaxassislar va olimlar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.
  • Filialning xalqaro nufuzini oshirish va xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘yicha hisobotlarni yuritish.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi bo‘lim boshlig‘i va bo‘lim uslubchisidan iborat.