Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig'i
Borasulov Akmal Mirayimovich
Tel: +99890 345 72 36
E-mail: bioinformatics-genetics@mail.ru
Bo‘lim haqida
Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida 2021-yilda bo‘lim qoshida tayanch doktarantura ochilgan. Tayanch doktaranturada mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlat tadqiqotchilari ham qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
2023 yilga kelib kelib tayanch doktarantlar soni 43 nafarga yetdi. Ularning orasida nafaqat mahalliy va millliy yo‘nalishda balki global darajadagi muammolar yuzasidan ham ilmiy mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda bo‘lim universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tarkibida soha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarini tayyorlash maqsadida faoliyat yuritadi.
Bo‘limda xozirgi kunda 2 ta shtat birlik
1. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig'i : Borasulov Akmal Mirayimovich
2. Uslubchi
2 nafar qo‘shimcha yordamchilar mavjud
Bo‘limning asosiy faoliyati
Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash orqali manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirishda mavjud fililal salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etishdan iborat. Bundan tashqari, bo’lim moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish bo‘yicha tashkil etishni o‘z ichiga oladi.



O`zbekcha
English
Русский