Xodimlar bo‘limi
XODIMLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘I
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i
Djumanazarova Go‘zal Jabborovna
Tel: +998 (99) 968-85-54
Email: gozaljumanazarova02@gmail.com
_________________________________________________________________________________________
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetning
Toshkent filiali Xodimlar bo‘limi to‘g‘risidagi
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar.
1. Xodimlar bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – “Bo‘lim” deb yuritiladi) Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetning Toshkent filiali (keyingi o‘rinlarda – “Filial” deb yuritiladi) yagona kadrlar siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlovchi mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘lim bevosita Filial direktoriga bo‘ysunadi.
2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, yo‘riqnomalarga, shuningdek Filial Ustaviga, Filial direktorining buyruqlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga tayanadi.
3. Bo‘lim o‘z faoliyatini tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan hamjihatlikda amalga oshiradi, inson resurslarini hal etilishi uchun javob beradi.
II. Asosiy vazifalar.
4. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- kadrlar ta’minoti, Filial xodimlarini professional darajasini oshirish sohasida yagona siyosat ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
- rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun kadrlar rezervini (zaxirasini) shakllantirish va tayyorlash;
- Filial tuzilishi va shtatini maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
- xodimlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash;
- Filial xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun normal shart-sharoit yaratish va jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni saqlab turish;
- Kadrlar ishiga oid yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni standartlashtirish va unifikatsiyalash, axborot-texnologik vositalarni qo‘llash asosida xodimlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish.
III. Bo‘limning funksiyalari.
5. Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Filial xodimlari tanlanishi va joy-joyiga qo‘yilishini ta’minlash;
- Filial bo‘linmalaridagi kadrlar bilan bog‘liq vaziyat dinamikasini muntazam tahlil qilib borish, undagi o‘zgarishlarni prognozlash;
- xodimlarning amaliy va professional sifatlarini o‘rganish, ularning professional va lavozim pog‘onalarida o‘sishini rejalashtirish;
- boshqaruvning barcha darajalari uchun ta’sirchan kadrlar rezervini (zaxirasini) yaratish va uni aniq maqsadli tayyorlab borish; kadrlar rezervi (zaxirasi) rahbarlik lavozimlariga o‘tishga tayyorligini davriy ravishda baholash;
- xodimlarni attestatsiyadan, professor-o‘qituvchilarni tanlovdan o‘tkazilishini tashkil etish, attestatsiya va tanlov yakunlarini tahlil qilish, tegishli hujjatlar hamda buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
- Filial xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlab, ko‘rib chiqish uchun Filial direktoriga taqdim etish;
- xodimlarning zarur malaka darajasini saqlab turish, kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish va u samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish;
- ishga yangi qabul qilingan xodimlar umumiy va professional ko‘nikishi borasidagi ishlarni olib borish, kadrlar ko‘nimsizligi sabablarini o‘rganish, kadrlarni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
- moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning amaldagi chora-tadbirlari samaradorligini tahlil qilish, ular xodimlarning mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar hamda tavsiyalar kiritish, rag‘batlantirishning yangi turlarini ishlab chiqish;
- zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda kadrlarni boshqarish usullarini joriy etish;
- kadrlar shaxsiy tarkibining shaxsiy va statistik hisobini yuritish hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlash;
- xodimlarning mehnat daftarchalari, shaxsiy yig‘majildlari, kartoteka va boshqa hisobga olish materiallarini yuritish hamda saqlash;
- kadrlarga oid va ijtimoiy masalalarni hal etishda Filialning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga maslahatlar hamda metodik yordam berish;
- Filial bo‘linmalarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash masalalarida O‘zbekiston Respublikasi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
- Filial bo‘linmalarining rahbarlari bilan birgalikda chet elga xizmat safarlariga yuborish uchun nomzodlarni tanlash va bu xodimlarni rasmiylashtirish, xizmat safariga yuboriladigan mutaxassislar hisobini yuritish;
- mehnat ta’tillari jadvalini tuzish va mehnat ta’tillaridan o‘z vaqtida foydalanilishini nazorat qilish, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
- amaliy ishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlar, shuningdek yubilarlarni davlat mukofotlari, faxriy yorliqlar, mukofotlar bilan taqdirlash hamda ular uchun rag‘batlashtirishning boshqa turlarini qo‘llash yuzasidan materiallarni belgilangan tartibda tayyorlash;
- Filial xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishga, mehnat uchun qulay shart-sharoit yaratish, dam olishni tashkil etish va ular salomatligini himoyalashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; belgilangan tartibda kasallik varaqalarini rasmiylashtirish, Filial xodimlariga nafaqalar tayinlanishi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlash;
- Filial bo‘linmalarida mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish, Filial xodimlarining intizomiy javobgarligi masalalari bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun takliflar tayyorlash;
- tasdiqlangan tartibga muvofiq, Filial xodimlariga xizmat guvohnomalari va ruxsatnomalar (beydjiklar) rasmiylashtirilishi hamda berilishini tashkil etish;
- xodimlarning hozirgi va avvalgi mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish;
- Filial xodimlariga va ishga kirayotgan shaxslarga maslahatlar berish, Bo‘lim vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan fuqarolarning xatlari va murojaatlarini ko‘rib chiqish.
IV. Huquqlar.
6.Xodimlar bo‘limi xodimlari Bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish davomida quyidagi huquqlardan foydalanishlari mumkin:
- kadrlar bilan ishlash bo‘yicha rejalar va dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda Filialning tarkibiy bo‘linmalaridan so‘rash va olish;
- Filial bo‘linmalari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda kadrlar ta’minoti masalalari bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qanday rioya etayotganligini nazorat qilish va tekshirish;
- qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish, amaldagi mehnat qonunchiligi talablari bajarilishini ta’minlamagan yoki ular buzilishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlar va boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish yuzasidan Filial rahbariyatiga takliflar berish;
- kadrlar bilan ishlash hamda Filial tuzilishi va shtatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda rahbariyatga takliflar kiritish;
- Filial rahbariyati o‘tkazadigan yig‘ilishlar va kengashlar ishida qatnashish;
- Bo‘lim ishi bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun Filial boshqa tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislarini jalb etish.
V. Bo‘lim xodimlari vakolati doirasida yuklatilgan vazifalarni va ishlarni tashkil etish.
7. Bo‘lim o‘z ishini Filial rahbariyati tasdiqlaydigan, istiqbol uchun ishlab chiqilgan hamda joriy rejalar asosida tashkil etadi.
8. Bo‘limga Filial direktori tayinlaydigan boshliq rahbarlik qiladi.
9. Bo‘lim boshlig‘i:
- Bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish ishlari puxta tashkil etilishini ta’minlaydi;
- Bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi, shuningdek Bo‘limda olib borilayotgan ishlarning sirini saqlash ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
- Filial xodimlari ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan kelishilgan takliflar kiritadi;
- Filialning tarkibiy bo‘linmalari nomiga yuboriladigan, rahbariyat qarorlarini talab qilmaydigan xatlarni imzolaydi.
10. Bo‘lim xodimlarning xizmat vazifalari doirasi Bo‘lim zimmasidagi vazifalardan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda lavozim vazifalariga muvofiq belgilanadi.
11. Bo‘limning tuzilishi va shtatlari belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
_________________________________________________________________________________________
Bo‘lim xodimlari:
Xodimlar bo‘limi muhandisi:
Xodimlar bo‘limi inspektori:



O`zbekcha
English
Русский