Ilmiy yuksalish shukuhi: Filial o‘qituvchilarining muvaffaqqiyatlari e’tirof etildi

Ilmiy yuksalish shukuhi: Filial o‘qituvchilarining muvaffaqqiyatlari e’tirof etildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali o‘z ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirmoqda. Filialda muntazam o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, tadqiqot loyihalari va professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatiga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning yuksak samarasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, Filial o‘qituvchilari tomonidan ilmiy darajalar qo‘lga kiritilishi nafaqat shaxsiy yutuq, balki ta’lim muassasasining obro‘-e'tiborini xalqaro miqyosda yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Aynan shu maqsadlar yo‘lida, 4-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi Ilmiy Kengash yig‘ilishida, ikki nafar pedagogning ilmiy yutuqlari alohida e’tirof etildi. Ushbu yig'ilishda Filial direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, Pedagogika fanlari doktori (DSc) Kenjayev Shokir Abduxalimovich hamda kafedra o'qituvchisi, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Uralova Tursunoy Sharifjonovnani ilm-fanga qo'shgan ulkan hissalari uchun tantanali ravishda taqdirladi.

Tursagatov Jahongir Mamatovich o'z nutqida, Sh.Kenjayev va T.Uralova erishgan yutuqlarini nafaqat shaxsiy mehnat, balki Filialimiz jamoasi uchun ilhomlantiruvchi namuna sifatida e'tirof etdi. Ular tomonidan qo'lga kiritilgan ilmiy darajalar Filialimizning obro'-e'tiborini nafaqat mamlakat darajasida, balki xalqaro miqyosda yanada oshirishga xizmat qilishi ta'kidlandi. Tadbir davomida ilmiy darajaga erishish yo'lidagi mashaqqatli mehnat, fidoyilik va izlanishlar yuqori baholandi, bu esa o'z navbatida barcha xodim va ayniqsa yosh pedagoglarga yuksak maqsadlar sari ilhom bag'ishladi.

Shu bilan birga, yig'ilishda Sh.Kenjayev va T.Uralovaning ilmiy yutuqlari ustoz-murabbiylarning o'z kasbiga bo'lgan mas'uliyatini, talaba yoshlarning esa ilmiy izlanishlarga bo'lgan ishtiyoqini yanada kuchaytirishi haqida Filial xodimlari tomonidan iliq fikrlar bildirildi. Ilmiy Kengash a'zolari bu yutuqlarni Filialda ilmiy izlanish va ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli harakatlarning mantiqiy natijasi sifatida baholadi.

Yig'ilishda barcha ko'tarinki ruh bilan pedagoglarning erishgan yutuqlari bilan tabrikladilar. Bu esa Filialimizning ilm-fan va ta'lim yo‘lidagi yutuqlari yanada mustahkamlanayotganining yorqin isboti bo‘ldi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev