- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Xabaringiz bor, Filialda tashkil etilayotgan "Kafedra oyligi" tadbirlari ta’lim jarayonining yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etib, ushbu tashabbus kafedralar faoliyatining turli jihatlarini kengroq yoritish, talabalarning ilmiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Yanvar oyi davomida "Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan ochiq ma’ruza darslari orqali talabalarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini mustahkamlash maqsad qilingan. Shuningdek, ushbu darslar talabalarning o‘quv jarayonidagi ishtirokini faollashtirish, ularni ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarga jalb etish, akademik bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Joriy yilning 17-yanvar kuni "Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi oyligi doirasida kafedra katta o‘qituvchisi Baxriddinov Asror Raxmatovich tomonidan "Ilmiy maqola va tezislar tayyorlash metodikasi" mavzusida o‘tkazilgan ochiq ma’ruza darsida ham talabalar nafaqat ilmiy ish yozish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, balki, zamonaviy akademik talablarni tushunish va ularga mos ravishda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa talabalarning kelgusidagi ilmiy va professional faoliyatiga mustahkam poydevor bo‘lishi shubhasiz.
Ochiq ma’ruza darsi davomida talabalar ilmiy maqolalar va tezislar tayyorlashning nazariy hamda amaliy jihatlari bilan tanishtirildi. Baxriddinov Asror Raxmatovich ilmiy izlanish jarayonining muhim bosqichlari, akademik yozuv me’yorlari, xalqaro standartlarga mos maqolalar tayyorlash usullari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ma’ruzada ilmiy ishlarni tayyorlashdagi muhim jihatlar, jumladan, mavzu tanlash, ilmiy asoslarni mustahkamlash, tahliliy va tajriba asosidagi natijalarni izohlash, xulosalar chiqarish usullari yoritib berildi. Shuningdek, ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish jarayoni va unga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ham batafsil tushunchalar berildi.
Mazkur ochiq ma’ruza darsi talabalarda ilmiy izlanishlarni to‘g‘ri tashkil qilish va ularning natijalarini ilmiy jamoatchilikka samarali taqdim etish bo‘yicha aniq ko‘nikmalar hosil qildi.

Matbuot xizmati