"Biz giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi
- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
- "Biz giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi
- Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar
- 2025-01-30
- 532
"Biz giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni zararli odatlardan himoya qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvanlikka qarshi kurashishni umumilliy harakatga aylantirish yo‘lida "Biz giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali katta mutaxassisi, oliy toifali vrach-narkolog Nargiza Babajanova, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi sudyalari Ja’far Qurbonov, Farhod Abdushukurov, O‘ktam Qahharov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi mayor Abbosbek Bilolov, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi podpolkovniki Baxtiyor Hamidov, Chilonzor tumani IIO FMB Axborot texnologiyalar sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimi O‘tkirxo‘ja Ikromxo‘jayev ishtirok etdilar.

Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan giyohvand moddalar iste’molining jismoniy va ruhiy sog‘liqqa salbiy ta’siri, jamiyatga keltirayotgan zararli oqibatlari haqida talabalarga ma’lumot berilib, bu illatning oldini olish yo‘llari va unga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berishdi. Davra suhbati avvalida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali katta mutaxassisi, oliy toifali vrach-narkolog Nargiza Babajanova talabalarga ma'ruzali taqdimot o‘tkazdi. Nargiza Babajanova bugungi kunda jamiyatda dolzarb bo‘lib turgan psixoaktiv moddalar iste’moli, ularning inson organizmiga zararli ta’siri, giyohvandlik va alkogolizmning rivojlanish sabablari, oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, narkotik moddalar iste’molining ruhiy va jismoniy salomatlikka salbiy ta’siri, ushbu illatga qarshi kurashish strategiyalari, tibbiy va psixologik reabilitatsiya yo‘llari haqida ham tushuntirishlar berildi. Ma’ruza davomida mutaxassis zamonaviy ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda narkotik moddalar qaramligining psixologik va biologik mexanizmlarini tushuntirib berdi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, stress va depressiyaga qarshi kurashish usullari bo‘yicha ham foydali tavsiyalar berdi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi sudyasi Ja’far Qurbonov o‘z nutqida giyohvand moddalar iste’moli nafaqat inson sog‘lig‘iga zarar yetkazishi, balki jinoiy faoliyatga yo‘l ochishi mumkinligini ta’kidladi: -"Giyohvand moddalar iste’mol qilish yoki tarqatish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra og‘ir jinoyat hisoblanadi. Bunday harakatlar nafaqat iste’mol qiluvchining hayotiga, balki uning oilasi va jamiyatiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Yoshlarimiz bu illatdan yiroq bo‘lishi uchun huquqiy savodxonlikni oshirish muhimdir." Shuningdek, Ja’far Qurbonov mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha joriy etilgan qonuniy chora-tadbirlar, sud amaliyotida uchraydigan holatlar va jazolash tartiblariga to‘xtaldi. Chilonzor tumani sudining yana bir sudyasi Farhod Abdushukurov esa narkotik moddalarning huquqiy oqibatlari haqida so‘z yuritib, ko‘pchilik yoshlar bu illatga qiziqish yoki atrofdagilarning bosimi tufayli tushib qolayotgani, ammo jinoyatga jazo muqarrarligini yohud narkotik moddalarni saqlash, iste’mol qilish va tarqatish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bo‘yicha og‘ir jinoyat ekanligini ta'kidladi. Farhod Abdushukurov yoshlarni ogohlantirib, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. O‘ktam Qahharov o‘z ma’ruzasida giyohvandlikning oldini olish usullariga urg‘u berib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga chaqirdi. Shuningdek, yoshlar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, oilaviy tarbiyaning ahamiyati va ta’lim muassasalarida narkotik moddalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi. Shuningdek, talabalarga giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot materiallari taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi, mayor Abbosbek Bilolov yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish muhimligini ta’kidlab, qonunlarga rioya qilish jamiyat taraqqiyotining asosiy shartlaridan biri ekanini qayd etdi. Yoshlarni noqonuniy harakatlardan ogohlantirish, huquqbuzarlikning jazosi va jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirishga e’tibor qaratdi. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi podpolkovnigi Baxtiyor Hamidov tadbir davomida jamiyatdagi huquqiy madaniyatni oshirish, yoshlarni zararli odatlardan himoya qilish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari yuzasidan ma'ruza qildi.

Davra suhbati yakunida Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi (IIO FMB) Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimi O‘tkirxo‘ja Ikromxo‘jayev kiberjinoyatlar, internet xavfsizligi va axborot texnologiyalari sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ma’ruza qildi. O‘tkirxo‘ja Ikromxo‘jayev o‘z nutqida zamonaviy raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan birga kiberjinoyatlar ham ortib borayotganini ta’kidladi. Har bir fuqaroning internetda hushyorligi va mas’uliyati kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashda eng katta ahamiyat kasb etishini bildirdi.


Matbuot xizmati



O`zbekcha
English
Русский
