- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining ko‘rsatmasiga asosan, 2025-yil 15-yanvardan boshlab respublika hududida epizootiyaga qarshi "Dolzarb 90 kunlik" bahorgi profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida sohadagi barcha mutaxassislar hamda Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

Mazkur jarayonda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxassisi A.Tursunboyxo‘jiyev talabalar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga zaruriy maslahatlar bermoqda. "Dolzarb 90 kunlik" bahorgi profilaktik tadbirlarda ishtirok etish talabalar uchun kasbiy mahoratni oshirish, amaliy tajriba orttirish va epizootik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shish imkoniyatini yaratmoqda.

Matbuot xizmati