Munosabat

Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori, veterinariya fanlari doktori, professor
Xamdamov Xabibulo Ablokulovichning munosabati


Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lib, ushbu jarayonni samarali tashkil etish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilishi tizimli o‘zgarishlarning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ta’lim sohasi, xususan, oliy ta’lim muassasalari ham ushbu jarayonning muhim ishtirokchilari sanaladi. Zero, korrupsiyaga qarshi kurashishda ta’lim tizimining roli beqiyosdir. Universitetimizda ham bu borada qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat huquqiy majburiyat, balki jamiyatimizning har bir a’zosi, xususan, ta’lim sohasi vakillarining sha’riy va vijdoniy burchidir. Universitet jamoasi bu masalada o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarib kelmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, korrupsiya taraqqiyotga g‘ov bo‘luvchi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu illatga qarshi kurashda biz – ta’lim sohasi vakillari ham faol ishtirok etib, talabalarimizni halollik va fidoyilik ruhida tarbiyalashimiz lozim. Universitet jamoasi ushbu yo‘nalishda izchil harakat qilib, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda faol ishtirok etadi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Toshkent filiali direktori,
veterinariya fanlari doktori, professor,
Xamdamov Xabibulo Ablokulovich


Foydali manzillar