16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni

16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni

Samarqand veterinariya va chorvachilik instituti Toshkent fillialida O’zbekiston Ekologik partiyasi Chilonzor tuman partiya tashkiloti tashabbusi bilan “16-sentabr Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida ozon qatlamining nechog’li ahamiyatli ekanligi, nafaqat ozon qatlami yemirilishi balki, har bir ekologik muammolar butun insoniyatni chuqur o’yga toldirayotgani, ozon qatlamini himoya qilish, uni yemiruvchi omillar borasida videoroliklar va bir qancha misollar bilan borasida so’z yuritildi.

Tadbir davomida ekologik ta'lim-tarbiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uzviylikni ta'minlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egaligi, yoshlarni tabiatdan ongli ravishda foydalanish va ular qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish shuningdek, tejamkorlikka o‘rgatish zarurligi ta’kidlab o’tildi.


Foydali manzillar