“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida navbatdagi mashg'ulot bo'lib o'tdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida navbatdagi mashg'ulot bo'lib o'tdi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida talabalarning sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida o'tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida navbatdagi mashg'ulot bo'lib o'tdi.

Belgilangan masofaga yugurish orqali tezkorlik sifatlari namoyish etildi. Sport mashg'ulotlari talabalarning faqatgina mahoratini oshirish bilan cheklanmasdan, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga, do'stlik va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Fakultet talabalarining faol ishtirokida o'tgan mazkur mashg'ulotlar jismoniy faollikni oshirish bilan birga, sportga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirdi.


Foydali manzillar