"Eko-innovation-2025" tanlovi bo'lib o'tdi.

"Eko-innovation-2025" tanlovi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 19-iyundagi “Eko-innovation – 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 228-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, filial doirasida "Eko-innovation-2025" ekologik muammolar yechimiga bag'ishlangan talabalarning innovatsion ishlanmalar va loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi.                                                              

Taqdimotda:
????Atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish;
???? Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
????Innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar 
yo'nalishlarida tashkil etildi.

Talabalar ekologik muammolarga bo'lgan o'z munosabatlarini loyihalar ko'rinishida taqdim etishdi. Komissiya a'zolari tomonidan ijobiy xulosa olgan ishlanmalar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.