Qirg'iziston Respublikasi O'sh davlat universitetining professori Abdurasulov Abdug'ani Xolmirzayevich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Qirg'iziston Respublikasi O'sh davlat universitetining professori Abdurasulov Abdug'ani Xolmirzayevich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Qirg'iziston Respublikasi O'sh davlat universitetining veterinariya va biotexnologiyalar kafedra mudiri professor Abdurasulov Abdug'ani Xolmirzayevich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvda filial rahbari Nurbek Yuldashov o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi. Muzokaralar davomida ikki oliy ta'lim muassasalari o'rtasida xamkorlik aloqalarini o'rnatish, professor-o'qituvchilar almashinuvini tashkil etish, akademik mobillikni yo'lga qo'yish, shuningdek,  seminar - treninglar tashkil etish bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi.


Foydali manzillar