"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbek adabiyoti va madaniyatining atoqli vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — iste’dodli shoir Salim Ashur, Bobur Elmurodov hamda shoira Kumush Abdusalomovalar ishtirok etdi. Ushbu samimiy suhbat hayotiy kechinmalarni she’riy tilda anglashga va ruhiyatni boyitishga xizmat qildi.

 Tadbirni filial direktori Nurbek Yuldashov ochib berdi. Uchrashuvning eng hayajonli qismida shoir o'zining eng sara she'rlaridan namunalar o'qib berdi. Talabalar shoirning har bir misrasini katta zavq bilan tinglashdi. She'rlarning go'zalligi, ma'nodorligi va hissiyotlarga boyligi talabalarni hayratga soldi.

Ushbu uchrashuv talabalarning adabiy dunyoqarashini kengaytirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 


Foydali manzillar