- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali direktori Nurbek Yuldashev hamda mas'ul hodimlar ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Mazkur tashriflar davomida talabalarning kundalik yashash sharoitlari, xonadonlardagi tozalik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi hamda elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish kabi masalalar o'rganildi.
Shuningdek, talabalarga kuz-qish mavsumida elektr va gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Talabalarga ijara turar joylarida gigiyena qoidalariga rioya qilish, energiya tejash choralarini ko‘rish va darslarga faol qatnashish borasida maslahatlar berildi.