- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
"Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi oyligi doirasida ochiq amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida "Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi oyligi doirasida talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida kafedra o‘qituvchisi H.Komilov tomonidan "Ketoz va osteodistrofiya bilan kasallangan hayvonni qabul qilish va davolash" mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot davomida talabalar chorva hayvonlari jumladan qoramollarda ketoz va osteodistrofiya kasalligining etiologik omillari, morfofiziologik o'zgarishlar, klinik belgilari, diagnoz, davolash va oldini olish usullari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.