“Direktor kubogi – Mini-futbol” musobaqalari tashkil etildi.

“Direktor kubogi – Mini-futbol” musobaqalari tashkil etildi.

 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoa o‘rtasida sport madaniyatini mustahkamlash hamda professor-o‘qituvchilarni muntazam jismoniy faollikka jalb etish maqsadida an’anaviy “Direktor kubogi” doirasida mini-futbol musobaqalari o'tkazildi.
   
 Musobaqa jarayonlari nihoyatda qizg‘in, kurashlarga boy va ko‘tarinki ruhda kechdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etib, o‘z mahorati va jamoaviy kо‘nikmalarini namoyon qildi.

                    Musobaqa natijalari:

 1-o‘rin — Texnologiyalar fakulteti jamoasi
 2-o‘rin — Rektorat jamoasi
 3-o‘rin — Veterinariya meditsinasi fakulteti jamoasi

            G‘olib va sovrindor jamoalar filial rahbariyati tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Foydali manzillar