- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida 9- dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni " munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Bellashuvda ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berib, bilim va zukkolikda o‘zaro kuch sinashdilar. O‘yinda nafaqat g‘oliblik, balki do‘stlik, hamkorlik va intellektual muhit hukm surdi.
“Zakovat” intellektual o‘yini talabalar uchun aql, mantiq va topqirlik sinoviga aylandi. Bellashuv davomida talabalar bilim darajasi, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi.
O‘yin yakunida g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi. G‘olib jamoalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi va barchaga ijobiy kayfiyat ulashildi.