Qirg‘izston Republikasi, Bishkek shahrida “Qirg‘iz-Turk Manas” universitetida xizmat safari amalga oshirildi

Qirg‘izston Republikasi, Bishkek shahrida “Qirg‘iz-Turk Manas” universitetida xizmat safari amalga oshirildi

Joriy yilning 25-27 noyabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti Toshkent filialining mas'ul vakillari Qirg‘izston Republikasi, Bishkek shahrida “Qirg‘iz-Turk Manas” universitetida xizmat safarida bo‘lishdi. 

Safar davomida “Qirg‘iz-Turk Manas” universitetining Xalqaro munosabatlar bo‘limi koordinatori proffessor Oktay Ozgul va rahbar xodimlari bilan kelajakda o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda SamDVMCHVBU Toshkent filiali hamda “Qirg‘iz-Turk Manas” universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Foydali manzillar