“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida chellenj uyushtirildi

“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida chellenj uyushtirildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida chellenj targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Targ'ibot chellenji davomida Veterinariya meditsinasi fakulteti talabalari hamda fakultet mas’ullari faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarbligi, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda talaba yoshlarda halollik tamoyillarini mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilindi.

Chellenjda ishtirok etgan talabalar ushbu illatga qarshi birgalikda kurashish zarurligini qo‘llab-quvvatlab, o'z hayotlari davomida halollik va adolat tamoyillariga rioya qilishga bel bog'ladilar.


Foydali manzillar