"Ochiq eshiklar" kuni

"Ochiq eshiklar" kuni

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2024-yil 26-iyundagi 15-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida keng jamoatchilikni xabardor qilish hamda 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar" kuni tadbiri tashkil etiladi.

Sana: 9-dekabr 
Vaqt: 11:00
Joy: Filial bosh binosi, Faollar zali

Tadbirda Filialda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot beriladi, shuningdek, ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangiliklar bilan tanishtiriladi.

Tadbirga barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari taklif etiladi. Shuningdek tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkaziladi.


Foydali manzillar