Qirg‘iziston Respublikasining Oʻsh shahriga xizmat safari amalga oshirildi

Qirg‘iziston Respublikasining Oʻsh shahriga xizmat safari amalga oshirildi

Joriy yilning  24–28 noyabr kunlari filialning “Oʻzbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri, professor Sh. Kenjabayev Oʻsh davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida, akademik mobillik dasturi doirasida leksiya hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Qirg‘iziston Respublikasining Oʻsh shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Oʻsh davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun o‘z mutaxassisligiga oid ma’ruza darslarini o‘qidi, zamonaviy til o‘qitish metodikalari bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazdi. 

Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.


Foydali manzillar