Filialda “Karyera kuni” va Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!

Filialda “Karyera kuni” va Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni mehnat bozoriga tayyor holda chiqarish va bandligini ta’minlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 
Shu maqsadda Oliy Majlis Senati va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Kelajakka qadam” markazlari tashkil etilmoqda. 

 Ushbu tashabbus doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida katta mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!

Tadbirda o‘nlab tashkilotlar, korxonalar va xususiy sektor vakillari ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan bevosita muloqot qildilar. 

Taddbir davomida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishdi:
 Bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish

— Ish beruvchilar o‘z korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdilar.
— Talabalar uchun mos lavozimlar va ish sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bevosita suhbat va intervyular

— Talabalar ish beruvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, intervyu topshirish imkoniga ega bo‘lishdi.
— O‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish uchun qulay sharoit yaratildi.

 Amaliyot va stajirovka takliflari

— Ko‘plab tashkilotlar talabalarni amaliyotga qabul qilish bo‘yicha takliflar bildirdi.
— Bu esa yoshlar uchun real tajriba orttirish imkoniyatini oshirdi.

Karyera bo‘yicha maslahatlar

— Mutaxassislar tomonidan karyera rejalashtirish, rezyume tayyorlash va suhbatlarga tayyorlanish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

 Nima uchun bu tadbir muhim?

 Bitiruvchilarning kelajakdagi yo‘lini belgilashga yordam beradi
Yoshlarni mehnat bozoriga moslashtiradi
 Ularga o‘z sohasida ish topish imkoniyatini kengaytiradi
Ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatadi

Bu kabi tadbirlar yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib, kasbiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. 

Biz bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!

Kelgusida ham yoshlar uchun yangi imkoniyatlar, uchrashuvlar va yarmarkalar tashkil etiladi. 
Kelajak sari ishonch bilan birga qadam tashlaymiz! 


Foydali manzillar