- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida ta’lim sifatini oshirish va o‘quv jarayonini xalqaro talablarga moslashtirish maqsadida “O‘quv dasturlarini dunyoning TOP-300 talik oliy ta’lim muassasalari dasturlari asosida takomillashtirishning ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarni o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari G'.Eshmatov olib bordi.
Seminarda kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda o‘quv-uslubiy boshqarma mutaxassislari ishtirok etishdi.Milliy ta’lim dasturlarini jahonning yetakchi universitetlari tajribasi asosida qayta ko‘rib chiqish, talabalarning global mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash va o‘qitish metodikasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.