- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida o'quv jarayonini tashkil etish, o'quv jarayonida qo'llaniladigan me'yoriy huquqiy hujjatlarni yuritilishi va amalga oshirilishi bo'yicha O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i O.Mamadiyev tomonidan seminar tashkil etildi.
Seminar savol-javob va ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘quv jarayonini boshqarish tizimidagi yangiliklar, talabalar davomati va baholash tizimidagi shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Seminar yakunida o‘quv-uslubiy hujjatlarni yuritishda yagona yondashuvni shakllantirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.