- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida “Filialda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar” mavzusi bo‘yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i O. R. Kuchchiyev tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-trening davomida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar bilimini baholashda shaffoflikni ta’minlash, ta’lim jarayonini raqamlashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, akademik halollikni ta’minlash va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Professor-o‘qituvchilarga dars jarayonlariga tayyorlanish, me’yoriy hujjatlar hamda zamonaviy innovatsion yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini olib borish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Seminar-trening yakunida filialda sifatli ta’lim berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.