- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Yoshlar qalbiga milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini singdirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda buyuk tariximizga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Texnologiyalar fakulteti talabalari — Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
Muzey bo‘ylab sayohat davomida talabalar sohibqiron Amir Temur va Temuriylar sulolasining nafaqat o‘zbek davlatchiligi tarixidagi, balki jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Eksponatlar, noyob qo‘lyozmalar, o‘sha davrning qurol-aslahalari va madaniy meros namunalari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
"Kuch — adolatdadir" tamoyili ostida yashab o‘tgan ajdodlarimiz merosi biz uchun doimo namuna.