“Indonesia AID Scholarship” (TIAS) 2026-yilgi stipendiya dasturi e'lon qilindi.

“Indonesia AID Scholarship” (TIAS) 2026-yilgi stipendiya dasturi e'lon qilindi.

 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Indoneziya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Indonesia AID Scholarship” (TIAS) 2026-yilgi stipendiya dasturi e'lon qilindi.

Mazkur dastur Indoneziyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida     

bakalavriat,
magistratura,
doktorantura 
bosqichlari boʻyicha taʼlim olish imkoniyatini taqdim etadi. 

Stipendiya doirasida oʻqish toʻlovi, yashash xarajatlari, tadqiqot ishlari, oʻquv adabiyotlari, tibbiy sugʻurta, ilmiy maqolalarni chop etish xarajatlari, xalqaro aviachipta (viza xarajatlari bilan birga) hamda universitetgacha transport xarajatlari qoplanadi.

Ishtirok etish uchun 17-aprel kuniga qadar filial xalqaro hamkorlik bo'limiga murojaat qilishlari mumkin.Batafsil ma'lumot uchun: pensosbud.tashkent@kemlu.go.id