8 - mart ayollar bayrami

8 - mart ayollar bayrami

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbir xotin - qizlarga oʻzgacha bayram kayfiyati ulashdi. Filial direktori N.Yuldashov barcha ayollarni bayram bilan qutlab, samimiy tilaklarni yo'lladi. Talaba - yoshlarning mehr va eʼtibori, samimiy tabriklari bayram shukuhini yanada oshirdi.

 Tadbir davomida xotin - qizlarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning ilm-fan va jamiyat rivojidagi oʻrni alohida eʼtirof etildi. O‘qituvchi-ustozlarimiz hamda mas’uliyat va muhabbat bilan ta’lim berayotganligi, xodimalarimizning fidokorona xizmatlari, shuningdek, ilmga tashna talaba-qizlarimizning yuksak intilishlari filialimiz sha’ni va obro‘sini yuksaltirishda alohida o‘rin tutadi.

Aziz va mo‘tabar ayollar! Hurmatli ustozlar, fidoyi xodimalar hamda go‘zal va ilmga tashna talaba-qizlar!

Sizni bahor faslining eng go‘zal, eng ezgu bayrami  8-mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan chin qalbimizdan muborak etamiz.