“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning murojaat va takliflarini tinglash hamda oliygohda erkin, shaffof muhitni ta’minlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda filial direktori N.Yuldashov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
 

Talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonidagi yangiliklar haqida so‘z yuritildi. Talabalar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar, turar joy ta’minoti, dars mashg‘ulotlari va ilmiy-ijodiy izlanishlar bo‘yicha rahbarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



Uchrashuv davomida bildirilgan ko‘plab taklif va murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, atroflicha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha tegishli bo‘lim va fakultet mas’ullariga topshiriqlar berildi.