“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i” tashkil etilmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i” tashkil etilmoqda

Respublikamiz bo‘ylab barcha oliy ta’lim muassasalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i” tashkil etilmoqda. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Veterinariya meditsinasi fakulteti hamda Biotexnologiya, ekologiya va o'rmonchilik kafedrasi mas'ullari tomonidan "Yashil makon " loyihasi doirasida ko'chatlar ekildi.

''Yashil Makon" umummilliy loyihasi mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, hududlarni ko'kalamzorlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbusdir. 
Bu nafaqat hududlarni obod qilish, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, havo tozaligini ta'minlash va iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun muhim qadamdir. Yashil hududlar inson salomatligi va ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, jozibali maskanlar yaratadi.


Foydali manzillar