- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida tashkil etilgan “Biotexnologiya, ekologiya va o’rmonchilik” kafedrasi qoshida ochilgan “Yosh ekolog” ilmiy to`garagi rahbari X.K.Ro‘zimova tomonidan tashkil qilingan o‘tkazilgan “12-may Xalqaro ekologik ta’lim kuni” ga bag‘ishlangan to‘garakda talabalar ham faol ishtirok etishdi. Talabalarga ekologik madaniyatni shakllantirish, yashil olamni muhofaza qilish va tabiatni asrashda yoshlarning o‘rnini yanada kuchaytirish borasida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Ekologik ta’lim jahonda ham, O‘zbekistonda ham umumta’lim maktablarining o‘quvchilariga ta’lim va tarbiya berishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ekologik ta’lim aholida ekologik madaniyatni va atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni shakllantiradigan eng muhim omildir.
Ushbu sana – tabiatni asrash va barqaror rivojlanishni ta'minlashda ta’limning o‘rni muhim ekanligini ta’kidlash uchun muhim sababdir. O‘zbekistonda ekologik ta’lim masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har yili ekologik ta'lim ko‘lami kengayib bormoqda. Bolalar bog‘chalarida “ekologik koridorlar” joriy etilishi, sirkulyar iqtisodiyot bo‘yicha dasturlar ishga tushirilishi va hududlarda “yashil” texnikumlar ochilishi rejalashtirilgan. Bularning barchasi – atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyatini chuqur anglab yetadigan va uni himoya qilishga tayyor bo‘lgan yangi avlodni shakllantirishga qaratilgan muhim qadamlardir.





